Siz Zynygram'ga qo'shganda biz qaysi ma'lumotlaringizni ko'ramiz, ularni
nima uchun saqlaymiz, kim bilan baham ko'ramiz va siz ular ustidan
qanday nazoratga egasiz.
Zynygram (keyingi o'rinlarda — "biz", "loyiha" yoki "ZyNy") —
O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tgan ijtimoiy tarmoq xizmati.
Mobil ilovalar va veb-platforma orqali postlar, hikoyalar (stories),
Reels qisqa videolar, shaxsiy va guruhli xabar almashuvi imkonini beradi.
Ushbu siyosat O'zbekiston Respublikasining
"Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" Qonuni (№547-IV, 2019)ga
binoan tuzilgan. Qo'shimcha ravishda, agar siz Yevropa Ittifoqi'da
yashasangiz, GDPR me'yorlari qo'llanadi.
2. Qaysi ma'lumotni yig'amiz
Biz faqat zarur bo'lgan ma'lumotni yig'amiz va siz bizga aniq beradiganlaringizdan tashqari hech narsani so'ramaymiz.
Kategoriya
Aniq ma'lumot
Manba
Identifikatsiya
Telefon raqami (E.164), foydalanuvchi nomi (username), kerak bo'lsa — ko'rinma ism (display_name)
Ro'yxatdan o'tishda kirityapsiz
Tasdiqlash
OTP kodi (vaqtinchalik), telefon tasdiqlash sanasi
SMS orqali, biz saqlamaymiz
Profil
Bio matni, avatar rasmi, sayt linki, tug'ilgan kun (ixtiyoriy)
O'zingiz to'ldirasiz
Qurilma
FCM push token, platforma (iOS/Android), ilova versiyasi, til (locale)
IP manzili, user-agent, sessiya tokenlari, ulanish vaqti
Avtomatik, xavfsizlik uchun
Texnik xato hisobotlari
Crash backtrace'lari (PII tozalangan)
Faqat ilova xatolik berganda
Yig'mayman degan narsalarimiz: haqiqiy ism (passport bo'yicha) majburiy emas, manzil so'ramaymiz, e-mail kerak emas, kredit karta — yo'q (loyiha hozircha pulli xizmat taklif qilmaydi), aniq GPS — yo'q (faqat siz post'ga teg qo'ymasangiz).
3. Nima uchun yig'amiz
Har bir ma'lumot turi aniq maqsadga xizmat qiladi:
Telefon raqami — login (parol o'rniga OTP), akkauntni qaytarish, spam'ga qarshi kurash, do'stlar topish (boshqalar siz topa olishi mumkinligini ixtiyoriy holatda yoqib qo'yganingizda).
Foydalanuvchi nomi va profil — boshqa foydalanuvchilar sizni topa olishi va kontentni atribut qilish uchun.
Kontent va o'zaro ta'sir — xizmatning asosiy funksiyasi (lenta, do'stlar, izohlar). Sizga maslahatlar berish algoritmlari kontentingizdan boshlanadi.
Texnik ma'lumot — xavfsizlik (bot va spam aniqlash, hisob o'g'irlanishi), sayt sog'lig'ini kuzatish.
Texnik xatolar — ilova "crash" qilganda muammoni topish.
Biz quyidagilarni qilmaymiz:
Sizning ma'lumotingizni sotmaymiz va uchinchi tomonga ijaraga bermaymiz.
Behavioral reklama uchun foydalanmaymiz (hozircha biz reklama ko'rsatmayapmiz).
Tashqi advertising network'larga share qilmaymiz.
4. Huquqiy asos
O'zbekiston Qonuni 547-IV va GDPR 6-moddasi bo'yicha biz quyidagi asoslarda ma'lumot qayta ishlaymiz:
Shartnoma bajarilishi: sizga xizmat ko'rsatish (akkaunt, kontent, xabar yuborish) uchun zarur ma'lumot.
Roziligingiz: push xabarnomalar, do'stlar ro'yxatidan qidirish, SMS yuborish — bularning har birini o'chirib qo'yishingiz mumkin.
Qonuniy manfaat: xavfsizlik, spam'ga qarshi kurash, audit jurnali.
Qonun talabi: O'zbekiston huquq-tartibot organlari rasmiy so'rovi (sud qarori bilan).
5. Uchinchi tomonlar (Subprocessor'lar)
Xizmatni ishlatish uchun biz bir nechta kompaniyalarning texnologiyalaridan foydalanamiz. Ularning har biri faqat zarur ma'lumotni ko'radi:
Provayder
Maqsad
Qaysi ma'lumot ko'radi
Firebase Cloud Messaging Google Ireland Ltd.
Push xabarnomalar yetkazish
FCM token, xabar matni
Eskiz SMS "Eskiz Uz" MChJ, Toshkent
OTP kodlarni SMS orqali yuborish
Telefon raqami, OTP matn
Sentry Functional Software Inc., AQSh
Ilova xatoliklarini kuzatish
Crash backtrace (PII tozalangan)
Timeweb Cloud Timeweb LLC, Rossiya
Server hosting (VPS)
Shifrlangan baza, fayllar
S3-mos saqlash (mavjud bo'lsa) AWS yoki Timeweb Object Storage
Media fayllar saqlash
Rasm, video, ovoz fayllari
6. Qancha vaqt saqlaymiz
Ma'lumot turi
Saqlash muddati
Akkaunt va profil ma'lumotlari
Akkaunt mavjud bo'lgancha
Postlar, izohlar, stories, reels
Siz o'chirmaguningizcha (akkaunt o'chirilganda — 30 kun)
Yumshoq o'chirilgan kontent (soft-delete)
30 kun, keyin butunlay yo'qoladi
Akkaunt o'chirish grace period
30 kun (qaytarish imkoni)
Refresh tokenlar (sessiya)
30 kun yoki bekor qilingunicha
FCM device tokenlari
Qurilma faol bo'lguncha yoki 6 oy mavjud bo'lmaganda
Audit jurnal (xodimlar amallari)
1 yil
Sentry xato hisobotlari
90 kun (Sentry default)
IP va nginx access loglari
14 kun
SMS yuborish jurnali (Eskiz)
30 kun (provider tomonida)
7. Xalqaro uzatish
Asosiy server O'zbekiston yoki Rossiyada (Timeweb VPS) joylashgan. Lekin
ba'zi subprocessor'lar ma'lumotni boshqa mamlakatga uzatishi mumkin:
Firebase (Google): EU/AQSh — Google Standard Contractual Clauses asosida.
Sentry: AQSh — DPA shartnomasi bilan.
Eskiz: O'zbekiston ichida qoladi.
Cross-border uzatishlar 547-IV qonunining 11-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Sizning huquqlaringiz
Qonun va GDPR sizga quyidagi huquqlarni beradi:
Ko'rish huquqi: biz sizning qanday ma'lumotingizni saqlayotganimizni so'rashingiz mumkin.
Tuzatish huquqi: noto'g'ri ma'lumotni o'zgartirishingiz mumkin (profile sahifasidan to'g'ridan-to'g'ri).
O'chirish huquqi ("right to be forgotten"): akkauntingizni butunlay o'chirishingiz mumkin (30 kun grace bilan).
Eksport huquqi: ma'lumotingizning nusxasini JSON formatida so'rashingiz mumkin.
Roziliklarni qaytarish: push, SMS, profile ko'rinishini istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.
Shikoyat huquqi: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki tegishli organga.
Huquqlardan foydalanish uchun: info@zyny.org'ga
email yuboring. Biz 30 kun ichida javob beramiz.
9. Bolalar
Zynygram 16 yoshdan kichik foydalanuvchilarga mo'ljallanmagan.
Agar siz 16 yoshdan kichik bo'lsangiz, iltimos, ushbu xizmatni
ishlatmang va ota-onangizdan ruxsat so'rang.
Agar biz noto'g'ri ravishda 16 yoshdan kichik foydalanuvchining
ma'lumotini yig'ib qo'yganimizni aniqlasak, uni darhol o'chiramiz.
10. Xavfsizlik
Sizning ma'lumotingizni himoya qilish uchun biz quyidagi choralarni ko'ramiz:
TLS 1.3 shifrlash — barcha trafik (HTTPS) Let's Encrypt sertifikati bilan himoyalangan.
Parol hashing — Django'ning PBKDF2 algoritmi (ko'ngillik uchun aytsak — biz parolni hech qachon ochiq holda saqlamaymiz).
JWT qisqa muddatli access + rotating refresh — sessiya tokenlari avtomatik almashtiriladi.
Reuse detection — o'g'irlangan token aniqlanganda butun oilani avtomatik bekor qilamiz.
Sentry PII scrubber — xatolik hisobotlarida shaxsiy ma'lumot avtomatik tozalanadi.
Faqat staff RBAC — admin paneliga faqat rol asosida ruxsat (auditlangan).
Audit jurnali — har bir admin amali kim, qachon, nimani — yoziladi.
11. Cookies va trekerlar
Biz hozircha uchinchi tomon cookie'larini, reklama trekerlarini va
Google Analytics'ni ishlatmaymiz. Faqat texnik zarur bo'lgan
cookie'lar (sessiyangizni saqlash uchun) ishlatiladi.
Brauzer localStorage'da quyidagi narsalar saqlanadi:
JWT access va refresh tokenlari (autentifikatsiya uchun)
Til tanlovi (uz/ru/en)
Mavzu tanlovi (dark/light)
12. O'zgartirishlar
Bu siyosat vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin. Muhim o'zgarishlar
bo'lganda biz sizga kamida 30 kun oldin xabar beramiz:
ilova ichida xabarnoma orqali, email orqali (agar bersangiz) yoki
push xabarnoma orqali.
Versiya tarixini biz saqlaymiz va sizning iltimosingiz bo'yicha
eski versiyani ko'rsatishimiz mumkin.
Agar shikoyatingiz bo'lsa va biz hal qila olmasak, siz
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi shaxsiy ma'lumotlar
himoyasi bo'limiga shikoyat qilishingiz mumkin.
Юридический документ
Политика конфиденциальности
Какие данные мы видим, когда вы присоединяетесь к Zynygram, зачем они
нужны, с кем мы ими делимся и какой контроль есть у вас.
Версия: 1.0Действует с: 1 июня 2026Обновлено: 31 мая 2026
1. Кто мы
Zynygram (далее — «мы», «проект» или «ZyNy») — социальная сеть,
зарегистрированная в Республике Узбекистан. Через мобильные приложения
и веб-платформу предоставляет возможность создавать посты, истории
(stories), короткие видео (reels), личные и групповые сообщения.
Политика составлена в соответствии с
Законом Республики Узбекистан «О персональных данных» №547-IV (2019).
Дополнительно: если вы находитесь в ЕС, применяется GDPR.
2. Какие данные собираем
Только то, что необходимо, и только то, что вы сами вводите.
Категория
Что именно
Источник
Идентификация
Номер телефона (E.164), имя пользователя, опционально — отображаемое имя
Вы при регистрации
Верификация
OTP-код (временный), дата подтверждения телефона
SMS, мы не храним сам код
Профиль
Bio, аватар, ссылка, день рождения (опционально)
Заполняете вы
Устройство
FCM push-токен, платформа (iOS/Android), версия приложения, локаль
Автоматически, для пуш-уведомлений
Контент
Посты, комментарии, истории, reels, личные сообщения, голосовые, медиа
Загружаете вы
Взаимодействие
Лайки, подписки, блокировки, mute, жалобы
В процессе использования
Технические
IP-адрес, user-agent, токены сессии, время подключения
Автоматически, для безопасности
Технические ошибки
Crash backtrace (PII очищен)
Только при сбое
Что мы НЕ собираем: паспортные данные, адрес проживания, e-mail, банковские карты, точные GPS-координаты.
3. Зачем собираем
Телефон — вход (OTP вместо пароля), восстановление, поиск друзей.
Имя пользователя и профиль — чтобы вас могли найти и атрибутировать контент.
Контент и взаимодействие — основная функция сервиса.
Устройство — push-уведомления, адаптация UI.
Технические — безопасность, антибот, мониторинг.
Ошибки — диагностика проблем приложения.
Чего мы НЕ делаем:
Не продаём данные и не сдаём в аренду.
Не используем для поведенческой рекламы.
Не передаём в рекламные сети.
4. Правовая основа
Исполнение договора: предоставление вам сервиса.
Ваше согласие: push, SMS, поиск по контактам — каждое можно отключить.
Законный интерес: безопасность, антиспам, аудит.
Требование закона: официальный запрос правоохранительных органов РУз по решению суда.
Жалоба, если мы не решили вопрос — в Министерство юстиции РУз.
Legal document
Privacy Policy
What data we see when you join Zynygram, why we keep it, who we share
it with, and what control you have over it.
Version: 1.0Effective: June 1, 2026Last updated: May 31, 2026
1. Who we are
Zynygram ("we", "the project", or "ZyNy") is a social network
operator registered in the Republic of Uzbekistan. Through mobile apps
and a web platform we let people post, share 24-hour stories, create
short videos (reels), and have one-to-one or group conversations.